
BitCoinning tannarxi qancha?
Oldingi postimizda BitCoin bo'yicha pul o'tkazmalari haqida ma'lumot bergan edik. Endilikda biz bitcoin qanday paydo bo'lishiga qiziqdik.
• BitCoinlar "mayning" jarayoni orqali vujudga keladi. Maxsus qurilmalar elektr va internetga ulanadi va murakkab kriptografik "boshqotirmalarni" yecha boshlaydi. Muvaffaqiyatli yechilgan boshqotirmalar uchun bitkoinlar beriladi.
• Aynan shu qurilmalar - maynerlar deb nomlanib, ularning 85% xarajati faqat elektr tokiga qilinadi.
• Mayner 1 bitcoin ishlab topishi uchun o'rta hisobda $5000-$6000 dollar sarf qiladi. (elektr toki, saqlash xarajatlari va h.k)
• Demak, 1 bitcoin'ning tannarxi 5-6 ming dollar. BitCoin kursi shu narxdan pastga tushsa, maynerlar faqat zarariga ishlashni boshlashadi.
• Hisobotlarga tayanib, 1 BitCoin = 16'781$ vujudga keltirish uchun uzoq vaqt va elektr energiyasi sarflab, maynerlar 10'000+ $ daromad olishadi.
Bu qiziq Qiziqarli faktlar Bitcoin