
Bir dollarlik firibgarlik...
#qiziqarli
Qo'shma Shtatlardagi Buyuk Depressiya vaqtida ko'plab jinoyatlar avj olib, shular qatorida 1938-yilda Nyu-Yorkda bir dollarlik qalbaki pullar keng tarqala boshlaydi, bu huquq-tartibot xodimlarini juda hayratda qoldiradi.
Soxta pullar sifatsiz bo‘lib, yomon qog‘ozda chop etilgan va noto‘g‘ri yozilgan: Prezident Jorj Vashingtonning familiyasi “Vahsington” deb yozilgan, shuningdek prezident o‘ziga o‘xshamas edi. Boshqa soxta pullar bilan solishtirganda, bu to'g'ridan-to'g'ri kalaka qilishga o'xshardi. Biroq politsiya jinoyatchini ushlay olmaydi. Birinchidan, sotuvchilar hech qachon bir dollarlik veksellarga diqqat bilan e'tibor berishmaydi va bundan tashqari, ular xaridorlarning qaysi biri ularni berganligini eslab qololmaydilar ham. Ikkinchidan, har bir do'konda soxta pullar bir marta paydo bo'ladi, va darhol boshqa haridorga qaytim evaziga berib yuboriladi. Sirli qalbaki pul sotuvchisi politsiyaga 880-sonli ish bo'yicha topshirilgan va uning o'zi "Janob 880" yoki "Eski 880" laqabini olgan.
1948-yilda Brodvey va 96-ko'cha burchagidagi binoda yong'in sodir bo'ladi. O‘t o‘chiruvchilar xonadon egalarining ashyolarini yonib ketmasligi uchun derazadan uloqtirishgan. Ko'pincha narsalar derazalar ostida qoldi, bolalar esa qiziqish bilan atrofni titib koʻrishadi. Bir kuni ulardan birining otasi bolalarni pul evaziga poker o'ynayotganini ko'rib qoladi, pullar yangi lekin qandaydir g'alati. Banknotalar politsiyaga topshirilgan va u yerda ular “Vahsington” yozuvi tushirilgan o‘sha qalbaki dollarlarni tanib hayron bo‘lishgan. Ma’lum bo‘lishicha, bolalar tashlab ketilgan buyumlar orasidan qog‘ozga bosilgan likopchalarni topib, o‘yin uchun pullarni o‘zlari bosib chiqarishgan. Politsiya yonib ketgan kvartiralarni ko'zdan kechiradi va ulardan birida mustahkam shkafda saqlanib qolgan ko'plab bosilgan banknotlarni topadi. Yong'indan oldin kvartirada kim yashaganini aniqlab topishadi. Jinoyatchi uyning texnik holatini nazorat qilgan sobiq uy boshqaruvchisi Emerich Juttner bo‘lib chiqadi. 1938-yilda rafiqasining vafotidan soʻng Emerich juda tushkunlikka tushib qoladi va giyohvand moddalarni iste'mol qila boshlaydi, deyarli barcha pullarini sarflab boʻlgandan soʻng o'zinikini yaratishga qaror qiladi. Ushbu mavzu bo'yicha bir nechta adabiyotlarni o'qib chiqqach, u bosma uskunalarni sotib oladi. Emerich hech qachon haftasiga 15 dollardan ortiq qalbaki pullar ishlatmagan, faqat zarur xollarda oziq ovqat mahsulotlari uchun foydalangan xolos.
Qoʻlga olinganda Emerich 70-yoshda oshgan edi, shuni inobatga olib unga bor yoʻgʻi 1-yil u 1-oy qamoq jazosi beriladi, shuningdek jazoni oʻtash vaqtida intizomli boʻlgani uchun jazo 3-oyga qisqartiriladi.
1950-yilda Gollivud Maxfiy xizmat tarixidagi eng uzoq davom etgan ishga e'tibor qaratishga va Emerich Jyuttnerning hikoyasi haqida film suratga olishga qaror qiladi. Film "Janob 880" deb nomlangan. Loyihada qatnashgani uchun Emerich sotilgan chiptalarning bir foizini oladi va qolgan kunlarini tashvishsiz o'tkazgan holda boyib ketadi. Shuningdek, film unga barcha qalbaki pullarni qoʻshib hisoblagandan ko'ra ko'proq foyda keltiradi.
Money one_dollar iq1000