• 143 ta ko'rildi

Bilasizmi-Soatning 12 SOAT dan iborat ekanini 1-bòlib kim aniqlagan?

  • BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!

Insoniyat tarixida soatning 12soatligini aniqlagan ilk inson-NUH alayhisslaomdir.

Keling buning tarixi bilan qisqacha tanishamiz.

Alloh Nuh alayxissalomni oʻz qavmini Allohga ibodat qilishga chaqirish, but-sanam, xaykallarga ibodat qilishni tark etishga daʼvat qilish uchun paygʻambar qilib yubordi. Nuh alayxissalom ularni daʼvat qila boshladilar. U zotning daʼvatlariga kambagʻal, bechorahol insonlar ijobat qilib Nuh alayxissalomga ergashdilar. Boylar, boshliq, rahbar insonlar esa u zotning daʼvatlarini rad etdilar 

Nuh alayxissalom oʻz qavmini ming yilga yaqin muddat ichida tinimsiz daʼvat qildilar.

Kofirlar Nuh alayxissalomga tahdid qilib biz seni oʻldiramiz, toshboʻron qilamiz deb qoʻrqitdilar.

Shundan soʻng Alloh talo Nuh alayxissalomga bir kema yasashni vaxiy qildi (buyurdi). 

Kema tayyor bòlgach,tezlik bilan moʻminlarni kemaga chiqardilar. Har bir hayvondan bitta erkak, bitta urgʻochisidan olib kemaga yukladilar. Shundan soʻng shiddatli yomgʻir yogʻib, toʻfon turib yerni suv bosa boshladi.

Natijada, Nuh alayxissalom qavmining kofirlari suvga gʻarq boʻlib halok boʻldi. Shundan soʻng yomgʻir sekinlashib toʻfon ham tindi.

Nuh alayhissalom kemadaliklarida soatning 12soatligini 1-bolib aniqladilar.

Yer asta sekin ustidagi suvni shimib ola boshladi. Suv sathi pasayib, unda suzib yurgan Nuh kemasi Judiy togʻida toʻxtadi. Nuh alayxissalom va u zotning ummatlari – moʻminlar kemadan tushdilar. Shu bilan yer yuzida yangidan hayot boshlandi. Nuh alayxissalom to vafot etgunlaricha moʻminlar bilan birga yashab qoldilar.

Turkiyalik va Xitoylik olimlar Nuh alayhissalom kemasining qoldiqlarini topishdi.

Kema parchalari dengiz sathidan 400 metr balandlikdan topilgan. Uglerod tashxisi topilma 4800 yosh atrofida ekanini ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar shu joyning yaqinidan 20 metr uzunlikdagi zinapoya hamda eshik tuzilishiga o‘xshagan yog‘och-taxta bo‘laklarini ham topishdi. Biroq ularni yerdan sug‘urib olishga hali erishilgani yo‘q.