Belgiyani Jahon chempionati bronza medaliga sazovor qilgan murabbiy iste’foga chiqarildi
Roberto Martines Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishini e’lon qildi.
“Bu mening terma jamoadagi so‘nggi o‘yinim edi. Hissiyotli lahzalar. Davom eta olmayman. Futbolchilar va shtab bilan xayrlashdim. Har qanday vaziyatda ketmoqchi edim. JCH–2022 dan avval qaror qabul qilgandim”, — deydi Martines
.
Bu yilgi Mundialda esa uning qo‘l ostidagi jamoa Kanada, Xorvatiya hamda Marokash bilan bir guruhdan joy olib, 3 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi va guruhda qolib ketdi. Shu tariqa, Belgiyaning “Oltin avlodi” musobaqadagi yurishini shu yerda tugatdi. Bu katta ehtimol bilan ushbu avlodning ham tugashi bo‘ldi.