• 39 ta ko'rildi

“Bavariya” “Leypsig” futbolchisini yozda tekinga o'z safiga qo'shib oladigan bo'ldi

Myunxenning “Bavariya” klubi “Leypsig” futbolchisi Konrad Laymerni o'z tarkibiga qo'shib olish arafasida.

Bundesliga klubi 25 yoshli yarim himoyachi bilan og'zaki kelishuvga erishgani aytilmoqda. Futbolchi 2023-yil yozida Yulian Nagelsmann jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo'shiladi. Yozda uning amaldagi shartnomasi o'z nihoyasiga yetadi.

Avstriyalik futbolchi joriy mavsum Bundesliga jamoasi tarkibida turli musobaqalarda 6 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarket” portali markaziy yarim himoyachini 28 mln evroga baholamoqda. Uning holatini o'rganib borayotgan jamoalar orasida “Chelsi” ham mavjud. Biroq, Laymer aynan Myunxen klubiga o'tishni ma'qul ko'rmoqda. Sababi, u “Bavariya” murabbiyi Yulian Nagelsmann qo'l ostida “Leypsig”da ham to'p surgan.


Chelsi Leypsig