• 25 ta ko'rildi

“Barselona” futbolchisi tez orada Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Ektor Belyerinning Rim klubiga oʻtishi haqidagi xabar yana jonlandi.

Italiya klubi jamoa ustozi Joze Mourinyo bilan kelishmovchiligi tufayli jamoani tark etish arafasida turgan Rik Karsdorp oʻrniga nomzodlarni koʻrib chiqmoqda. Ular orasida Kataloniya klubi himoyachisi Belyerin ham bor. “Koʻk-anorranglilar” tarkibida koʻproq daqiqalarga ega boʻlish uchun kurashayotgan ispaniyalik himoyachi koʻplab vositachilar tomonidan A Seriya klubiga taklif etilgan.

Ektor Belyerin “Real Madrid” aʼzosi Alvaro Odriosola bilan Rim klubiga oʻtish uchun raqobat sharoitida turibdi.

Belyerin iyun oyida erkin agentga aylanadi, Odriosolaning narxi esa ancha yuqori.


Transfer haqida tez orada xabar berilishi ma’lum qilingan.


FUTBOL Muirinyo Belyerin