
Armiyasi, qamoqxonasi va vokzali yo‘q mamlakat
Bu Andorra davlati hisoblanadi. U Yevropadagi eng xavfsiz knyazliklardan biri. Bu yerda butun mamlakat bo‘ylab 200 ga yaqin politsiyachi xizmat qiladi, lekin davlatning armiyasi yo‘q. 1864 yildan buyon advokatlar qonunchilik darajasida taqiqlangan. Ular jinoyatchilarning himoyachisi hisoblanadi va qonunga shunday deyilgan: “Bizning sudlarda qorani oqqa chiqara olishga o‘rgatilgan advokatlarning chiqishi taqiqlanadi”. Mahalliy aholi hazil tariqasida hatto ko‘chadagi odamlardan o‘zini talon-toroj qilishni so‘rab, tajriba o‘tkazishdi, ammo hech kim bunga rozi bo‘lmagan.
Mamlakat qonunlariga zid bo‘lgan jinoyat sodir etgan shaxs sud qilinadi, u jazoni qo‘shni Fransiya yoki Ispaniya davlatlarida o‘taydi.
Kichik davlat hisoblanishiga qaramay, Andorra iqtisodiy jihatdan juda rivojlangan. Bu yerda ishsizlik deyarli yo‘q, mamlakat asosiy daromadini turizm sanoatidan oladi. Aholining 78 foizi xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi. Dunyodagi eng yaxshi chang‘i kurortlar ham shu yerda joylashgan.
Andorra mamlakat daromadining juda kichik ulushini tashkil qiladigan tamaki va mebel mahsulotlarini eksport qiladi. Bu yerda foydali qazilmalar konlari bor, lekin ular o‘zlashtirilmagan, shuning uchun hukumat ulardan foydalanmaydi.
Davlatda hammasi bitta shaharga birlashgan yettita shahar bor. Mamlakat landshaftining katta qismi tog‘lardan iborat, shuning uchun odamlar tom ma’noda tog‘larda yashaydi. Turmush darajasi yuqori Andorra fuqarolari boshqa rivojlangan davlatlarga ishga ketish uchun o‘z mamlakatini tark etmaydi, mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish 84,4 yilni tashkil etadi. Aholi ijtimoiy himoyasi rivojlanmagan, nafaqalar to‘lanmaydi. Biroq, daromad darajasi ancha yuqori bo‘lib, eng kam ish haqi oyiga 1100 yevrodan yuqori. Shu bilan birga, bu yerda narxlar boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha past. Bojxona to‘lovlari to‘lanmasligi sababli qo‘shni davlatlar fuqarolari xarid qilish uchun bu yerga kelishadi.
Andora