
Apple mahsulotlarini ishlatadiganlarga brendning doimiy foydalanuvchisi sifatida ma'lum bir tavsiyalar bermoqchiman.
1. iPhone Pro yoki Pro Max?
Bu ko'proq odamning didiga, qulaylikka e'tibor berishiga bog'liq. iPhone 13dan boshlab Pro va Pro Maxda texnik xarakteristikada farq qolmagan, ya'ni protsessor, kamera va funksiyalar bir xil, farq razmerda. Razmer ahamiyatga egami? Ha, ega. iPhone Pro o'zining kichik gabariti uchun juda qulay hisoblanadi. Lekin, siz smartfonda ko'p kontent iste'mol qilsangiz ya'ni kino ko'rsangiz, kitob o'qisangiz, kattaroq ekran evaziga iPhone Pro Max olgan yaxshi. Biroz qo'polroq bo'lishi mumkin, lekin muhimi kontent iste'moliga qulay.
2. iPad kerakmi?
Atrofda kino yoki kitob o'qish uchun iPad oladiganlarni ko'p ko'raman. Yakunda iPad shunchaki uyda yotadigan gadjetga aylanadi xolos. Nari borsa bolalar o'yin o'ynashadi. Bunga sabab uning razmerida va doim oldingizda bo'lmasligida. Shu uchun ham ko'pchilik iPad olsada, u uchun mo'ljallagan narsalarini iPhone da qilishda davom etadi. Agar sizda iPad professional instrument bo'lmasa, iPhone Pro Max yetib ortadi. O'zimda ham iPad doimiy ryukzakda yuradigan matohga aylanib bo'lgan.
3. iPad Pro yoki MacBook?
Bu yerda shubhasiz MacBook Air M2 eng to'g'ri qaror. iPaddan ish uchun foydalanmoqchi bo'lsangiz, unga klaviatura sotib olishingiz kerak. Klaviatura bilan qo'shganda iPad narxi Macbook Airdan oshib ketadi. Asosiy noqulaylik bo'lsa operatsion tizimdadir. Bir tomonda kontentga mo'ljallangan iPadOs, boshqa tomondan ishlash uchun mo'ljallangan eng mukammal MacOs operatsion tizimi. Ishlash uchun Macbook qulay va ustun.
4. Apple Watch yoki boshqa brend soati?
Man uchun boshqa brend soati. Bunga eng birinchi sabab batareykadir. Apple Watch ishlatganda har kuni zaryadga qo'yishning o'zi qancha noqulaylik tug'dirardi. Apple Watchga analog Amazfit yoki Huaweining 100 dollardan qimmat soatlari bo'lishi mumkin. Yakunda ikkalasida ham bir xil funksiyalarni ishlatasiz. Lekin, Amazfit va Huawei zaryadni 2 haftagacha ushlab berishadi. Bu yerda psixologik faktorni ham esdan chiqarmaslik kerak, ko'pchilik Apple Watchni ishlatish uchun emas, o'z statusini ko'z-ko'z qilish uchun sotib oladi. Shu uchun ham bugun poddelka soatlar sotuvi uchmoqda.
5. Airpods yoki boshqa brend?
Bu bahsli mavzu. Airpodslar, ayniqsa Pro haqiqatdan juda sifatli quloqchinlardir. Lekin, bugun boshqa brendlarda arzonroqqa sifatli quloqchin topsa bo'ladi. Sony, Panasonic, Samsung, Huawei, hatto Xiaomida bu borada yaxshi yechimlar bor.
Nima uchun tepada iPhone, iPad, Macbook uchun arzon analoglarni aytmadim? Sababi oddiy, ular ekosistemada yaxshi ishlaydi va boshqa operatsion tizim ularga ko'nikkan odamlar uchun juda noqulaylik qiladi. Lekin, boshqa brend soati va naushnigi iPhone yoki MacBook bilan ishlatishda noqulaylik tug'dirmaydi.
Post faqat Apple ishlatadiganlar uchun edi))
iPhone