
Angliya bu natijaga erishgan Mundiallar tarixidagi yettinchi terma jamoaga aylandi
Qatarda davom etayotgan futbol bo'yicha Jahon Chempionati guruh bosqich oxirgi turida Angliya terma jamoasi Uelsga qarshi bahs olib bordi va raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 3:0.
Jurnalist Pedro Martinning xabar berishicha, ushbu g'alabadan so'ng, “uch sherlar” Mundiallar tarixidagi umumiy gollari sonini 100 taga yetkazib olgan. Inglizlar bunday natijaga erishgan musobaqa tarixidagi 7-terma jamoaga aylangan. Avvalroq, yuzlik dovondan Braziliya, Germaniya, Italiya. Argentina, Fransiya va Ispaniya ham oʻtgan edi.
Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi 100 ta toʻp kiritishi uchun 72 ta oʻyin sarfladi. JChdagi debyut gol esa 1950-yil Chiliga qarshi bahsga toʻgʻri keladi.
JCH-2022 Angliya Reshford