
Amerikalik kashfiyotchi Tomas Edisonning javonidan topilgan QUR'ON oyatlari.
- BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!
Qur’oni karimning Nur surasi 35-oyatida:
"Alloh osmonlar va Yerning "Nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy ham bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligi)dan garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo‘shilganda esa), nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlarga (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir".
Elektr lampasini kashf qilgan Edison vafot etganida, javonidan Nur surasining yuqorida zikr qilingan oyatlari topilgan. Bu, Edison Ollohning kalomiga suyangan holda qat’iyat bilan lampa yasashga uringanini ko‘rsatadi.
U ilohiy bir mujdaga tayanmaganida yigirma ming martalik urinish va tajriba o‘tkazishga yetarli kuchni qayerdan olardi?