
2030-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishga 3 ta mamlakat da'vogarlik qilmoqda
2030-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishga yana bir jamoaviy ariza topshirilishi mumkin: Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiya birgalikda mundialni o‘tkazishmoqchi.
Ushbu yangilikni Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmad al-Xatib ochiqladi. "Ar-Riyod 2030-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirish masalasini o‘rganyapti. Ariza Gretsiya va Misr bilan hamkorlikda topshiriladi", — dedi vazir
Saudiyalik amaldor mamlakat infratuzilma va sport obyektlari uchun katta mablag‘ kiritishga tayyor ekanini bildirdi. Barcha stadionlar va fan-zonalar mundial o‘tkazilishiga qadar tayyor va dunyoda eng yaxshisi bo‘ladi, taʼkidladi Al-Xatib.
Mezbonlikni qo‘lga kiritish oson kechmaydi, 2030-yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga daʼvogarlar ko‘p:
- Marokash (Afrika);
- Argentina, Urugvay, Chili va Paragvay (birgalikda, Janubiy Amerika);
- Ispaniya, Portugaliya va Ukraina (birgalikda, Yevropa);
- Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya va Serbiya (birgalikda, Yevropa).
Yuqoridagilardan farqi, agarda Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misr birgalikda mundial mezbonligini qo‘lga kiritsa, bu bir paytning o‘zida uch qitʼa: Osiyo, Yevropa va Afrikada o‘tkazilgan ilk jahon chempionati bo‘ladi.
JCH-2022