
2023-yildagi asosiy trendlar, storitellinglar va oʻyinlar
Media olamida bu yil nimalar aktual? “Marketing yangiliklari” biz uchun internetni titkilab asosiy trend va keyslarni topib, SMM mutaxassislari, jurnalistlar va kreativ jamoa uchun as qotadi deb taqdim qilibdi.
Qani ketdik
1. Storitelling
Bu eskicha usul oʻz kuchini hali beri yoʻqotmaydi. Bu yilda yaxshigina rolik sifatida Apple ishlatgan storitelling tanlangan. Reklama roligi 9 daqiqa davom etib, bizga butun boshli oʻz kompaniyasini qurmoqchi boʻlgan xarizmatik aktyorlar oʻynagan filmni tomosha qilganchalik hissiyot qoldiradi.
2. Geymifikatsiya va oʻyinlar
“Kann Qirollari” festivali aytishi boʻyicha geymifikatsionli loyihalar oxirgi 5 yil ichida 74% ga oʻsgan.
Buni amalga oshirishning eng zoʻr usuli mijozni oʻynashga taklif qilish. Masalan, “Yandeks” 2022-yilda mijozlari uchun “Plyus Citi” oʻyin-ilovasi orqali “Yandeks plyus” ilovasini taqdim etdi. Unda qoʻshimcha ballar, oddiy shartlar va oʻyinda qurilish loyihalarini tugatish kabi shartlar bor xolos.
3. Mushukchalar – Maskotlar
Maskotlar - bu 2023-yilda ommalashadigan eski trend. Mana masalan, Tokiodagi 3D billbordni, shunga oʻxshash 3D ajdarholarni yoki Nyu-Yorkdagi “Times” skverida joylashtirilgan oxirgi Nike reklamasini eslang.
4. Vaziyat marketingi
3D reklamalari orqali koʻchalar gavjumlashib qolgan. Shu bilan birga karantin vahimalari ortga chekingan.
Vaziyat marketingiga oxirgi misol sifatida Adidas kompaniyasining kolleksiyasini basseyn orqali reklama qilishlarini test qilib koʻrishni tavsiya qildi. Bu hali yangi yangilik boʻlishi kutilmoqda.