⚡️YouTube’dagi eng birinchi video endi muzeyda namoyish etilmoqda. Dizaynerlar 2005-yilgi «Men hayvonot bog‘idaman» deb nomlangan ilk video joylashtirilgan arxiv sahifasini qayta tiklashdi.

Ko‘rgazma Viktoriya va Albert muzeyida ochildi. Videolavha butun internet madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan «foydalanuvchi kontentining shakllanishidagi muhim nuqta» deb baholandi.

YouTube asoschilaridan biri hayvonot bog'ida 19 soniya fillar haqida gapirgan original video esa allaqachon 382 million marta ko‘rilgan.

<br>