Toshkent, O‘zbekiston – Bugun startaplar maydonida yana bir innovatsion yechim taqdim etildi: YorYor.net — to‘ylarni raqamlashtirishga qaratilgan platforma. Loyihaning asoschisi Mashinur Inomova ta’kidlashicha, yangi xizmat yordamida foydalanuvchilar uydan chiqmasdan turib to‘ylarni bemalol rejalashtira oladi.
YorYor.net platformasi foydalanuvchilarga quyidagilarni taqdim etadi:
- To‘ylardagi xizmatlar va vendorlarni solishtirish;
- Byudjetni kuzatish va xarajatlarni nazorat qilish;
- Taklifnomalarni yaratish va ularni onlayn yuborish;
- AI yordamida mos vendorlarni byudjetga moslashtirish;
- Mehmonlar uchun shaxsiy wish-list va sovg‘alarni kuzatish imkoniyati.
Asoschining aytishicha, loyihani yaratishda o‘z tajribasi asos bo‘lgan: turmush qurish va to‘y rejalashtirish jarayonida ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelgan. Shu sababli, startap shaffof va qulay platforma yaratishga qaror qilgan.
“O‘zimizning holatimizdan kelib chiqqan holda, foydalanuvchilarimiz uchun eng ishonchli va qulay yechimni yaratdik. Endi to‘ylarni rejalashtirish va byudjetni boshqarish osonlashadi.” - Mashinur Inomova
YorYor.net Janubiy Koreya va AQShdagi tajribalarni o‘rganib, lokal bozor sharoitlariga moslashtirilgan. Platforma nafaqat shaxsiy to‘ylar, balki kichik biznes tadbirlarini ham boshqarishga moslashgan.
Bozor imkoniyatlari katta: O‘zbekiston to‘y bozorida yillik sarf 3 milliard dollarga yaqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, platforma foydalanuvchilarga byudjetni optimal tarzda ishlatish va xarajatlarni samarali boshqarish imkonini beradi.
Loyihaning asosiy maqsadi — foydalanuvchilarga to‘y rejalashtirishni soddalashtirish va O‘zbekistonda raqamli yechimlarni kengaytirish.