⚡️Yevrokomissiya TikTok qaramlikka olib kelishini rasman tan oldiEndi kompaniya ilova interfeysini o‘zgartirishi kerak.

Nazorat organi cheksiz skrolling, videolarning avtomatik ijrosi, bildirishnomalar va shaxsiy tavsiyalar bolalar va ayrim kattalarda qaramlikni yuzaga keltirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Yangi kontent bilan doimiy «mukofotlanish» va TikTok dizaynining ayrim elementlari platformada ko’proq o’tirish istagini kuchaytiradi hamda foydalanuvchilar miyasini «avtopilot» rejimiga o‘tkazadi.

Agar TikTok buning aksini isbotlay olmasa yoki interfeysni o‘zgartirmasa, kompaniyaga jahon miqyosidagi umumiy aylanmasining 6 foizigacha miqdorida jarima solinishi mumkin.

@Asadbek