Mukammal mahsulot yaratilmaydi, u jarayonda shakillanadi

Bu post ko'proq o'zim uchun yozildi. Men qilgan eng ko'p xatolardan biri bu mukammal mahsulot yaratishga urinish bo'lsa kerak.

- G‘oya bor.
- Reja bor.
- Iqtidor bor.
- Lekin mahsulot yo‘q.

Tadqiqotlarga ko‘ra, mukammallikni kutib yuradigan insonlar o'z g'oyalarini amalga oshirish ehtimolini 40% ga kamaytirar ekan.

Sababi oddiy:
Vaqt o‘tadi. Bozor o‘zgaradi. Motivatsiya pasayadi. Vaqt afsuski sizga qarshi o'yin o'ynaydi.

Nima qilish kerak?

Nima qilish kerakligini mendan yaxshi bilsangiz kerak. Mukammal mahsulot yarataman deb chetda qolib ketmang.