Hozirgi paytda IT Park Uzbekistan muntazam ravishda bizga o'xshagan talabalar, o'quvchilar qisqasi IT'da hali ko'p tajribasi bo'lmaganlar uchun Vibe Coding va shunga o'xshash vositalardan foydalanib qisqaroq, soddaroq, tezroq va jamoa bo'lib ishlashga undash uchun ko'p tadbirlar( misol, RoadShow), hakatonlar o'tkazib kelmoqda.
💡 Hackathonlar: Innovatsiya laboratoriyasi
IT Park muntazam ravishda:
- AI hackathonlar
- FinTech va GovTech marafonlar
- Talabalar va yosh dasturchilar uchun coding musobaqalar
tashkil etadi.
Hackathonlarning asosiy yo‘nalishlari:
- Sun’iy intellekt
- Ma’lumotlar tahlili (Data Science)
- Raqamli davlat xizmatlari
- Tibbiyot va qishloq xo‘jaligida AI
Bu tadbirlar orqali:
- Yangi startap g‘oyalar shakllanadi
- Investorlar bilan bog‘lanish imkoniyati yaratiladi
- Eng yaxshi jamoalarga grant va rezidentlik taklif qilinadi