Yaqinda arXiv’da juda qiziqarli loyiha chiqdi. Bu loyiha oddiy rasmlar orqali 3D obyekt yaratish va 3D o'yinlar muammosiga yechim taklif qiladi.
Odatda 3D model qilish uchun:
- maxsus skanerlar
- toza fon
- ideal sharoit
kerak bo‘ladi.
Lekin bu tadqiqotda mualliflar oddiy, kundalik sharoitda olingan rasmlar bilan ham ishlaydigan AI model taklif qilishgan. Ya’ni telefon bilan olingan bir nechta rasm asosida obyektning 3D shaklini tiklash mumkin.
Model:
- bir nechta rasmni
- harakat (SLAM) ma’lumotlarini
- va AI tomonidan chiqarilgan tavsiflarni
birlashtirib ishlaydi.
Natijada:
- shovqinli fon bo‘lsa ham
- rasm ideal bo‘lmasa ham
3D shakl ancha aniq chiqadi.
Bu yondashuv kelajakda:
- AR/VR ilovalar
- robototexnika
- sanoat dizayni
- o‘yin va 3D kontent yaratish
uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.
Oddiy aytganda:
murakkab uskuna o‘rniga — aqlli AI